JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus koronavirusga qarshi emlandi

JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus koronavirusga qarshi emlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jeneva universiteti klinikasida koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda uning o‘zi "Twitter"da ma’lum qildi.

«Bugun koronavirusga qarshi emlanish mening navbatim edi. Vaksinalar hayotlarni saqlab qoladi. Ularni barcha yerga iloji boricha tezroq yetkazish kerak», deb yozgan Gebreyesus. Biroq u aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmagan.

JSST rahbari vaksina olish imkoniyatiga ega bo‘lgan barchani emlanishga chaqirgan.

«Agar siz vaksina bor bo‘lgan davlatda yashasangiz, iltimos, navbatingiz kelishi bilanoq emlaning», deb tavsiya qilgan Gebreyesus.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!