JSST koronavirusdan tuzalganlarda uning uzoq muddatli ta’siridan xavotir olmoqda

JSST koronavirusdan tuzalganlarda uning uzoq muddatli ta’siridan xavotir olmoqda

JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus koronavirusga chalingan odamlarda xastalikning o‘rta va uzoq muddatli ta’siridan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, koronavirusga chalinganlarda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadigan, tez-tez kuchayib boradigan va har qanday organizm tizimiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli alomatlar mavjud.

“Xususan, bular charchoq, yo‘tal, yallig‘lanish va asosiy organlarning shikastlanishi, nafas qisilishidir”, demoqda u.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, COVID-19dan tiklanish "bir necha hafta yoki bir necha oy davom etishi mumkin". Buning oqibatlari yoshi va jinsidan qat’i nazar, kasalxonada davolanganlarda ham, uyda davolanganlarda ham namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, uzoq muddatli oqibatlarni boshdan o‘tkazadigan odamlarning aniq soni hali aniqlanmagan.

"Hukumatlarning COVID-19ning uzoq muddatli ta’sirini tan olishi va ushbu bemorlar uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi juda muhimdir", dedi Gebreyesus.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!