JSST COVID-19 bilan bog‘liq falokat haqida ogohlantirdi

JSST COVID-19 bilan bog‘liq falokat haqida ogohlantirdi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus yangi turdagi koronavirus pandemiyasiga qarshi joriy etilgan karantin choralarini nazoratsiz bekor qilish nimalarga sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, bunday harakatlar falokatga olib keladi.

Shu bilan birga, JSST Bosh direktor mamlakatlar hukumati sayyohlar uchun chegaralarni ochishga qaror qilganda, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga tayyor bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

"Davlatlar virusning tarqalishini qanchalik ko‘p boshqara olsa, shunchalik ko‘p ochilishi mumkin", deydi Gebreyesus.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!