Jizzaxda kovul o‘simligidan noqonuniy foydalanganlar 16 million so‘mdan ortiq tovon to‘laydigan bo‘ldi

Jizzaxda kovul o‘simligidan noqonuniy foydalanganlar 16 million so‘mdan ortiq tovon to‘laydigan bo‘ldi

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan doimiy tarzda nazorat reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida olib borilgan reydlar davomida kovul o‘simligidan noqonuniy foydalanish, shikast yetkazish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlandi. Mazkur huquqbuzarliklarni sodir etganlarga nisbatan esa ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 15 million 630 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga 557 ming zarar yetkazilgani hisoblanib, huquqbuzarlar jami 16 million 187 ming so‘m to‘lashi belgilandi.

Unutmang!

Ekologiya vazirligi tabiiy resurslar, xususan, o‘simliklardan noqonuniy tarzda foydalanish qat’iy javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib o‘tadi. Shuningdek, yurtdoshlarimizni tabiatga befarq bo‘lmaslikka, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga chaqiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!