Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jizzax viloyati hududida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH «So‘loqli» mahallasi hududidan o‘tgan Toshkent—Termiz M-39 yo‘lining 998-kilometrida Yutong avtobusi Howo rusumli yuk mashinasi orqasidan urilgan.

Oqibatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli hamda Mo‘ynoq tumanlarida yashovchi ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi uch kishi hamda bir nafar Fransiyalik fuqaro turli darajada jarohatlar olgan.

Ayni paytda tibbiy yordamga muhtojlarga tegishli muolajalar ko‘rsatilmoqda. Avtobusning boshqa yo‘lovchilarini manzillariga yetkazish choralari ko‘rilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!