JCH-2018. Yevropaliklar g‘alaba qozonishda davom etishmoqda

JCH-2018. Yevropaliklar g‘alaba qozonishda davom etishmoqda

Jahon chempionatining 1-turi doirasida "E" guruhida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Kosta-Rika va Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi tengma-teng kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan o‘yinda yevropaliklar g‘alaba qozonishdi.

Serblar bahsning 57-daqiqasida serblar hisobni ochishdi. Jarima maydonchasining o‘ng burchagi tomonida belgilangan jarima zarbasini Aleksandar Kolarov juda chiroyli tarzda golga aylantirdi. U chap oyoqda aylanma zarba berib, darvoza "to‘qqizligi"ni aniq nishonga oldi. Keylor Navas to‘pga tashlandi, ammo u bu zarba qarshisida ojiz qoldi. 

Bolqonliklar o‘yin davomida yana 2-3ta yaxshgi vaziyatlar yaratishdi, "Real" darvozaboni boshqa vaziyatlarda ishonchli harakat qildi. 

Serbiya kichik hisobdagi g‘alaba evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Yevropa terma jamoalari boshqa qit’a jamoalariga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozonishda davom etishmoqda.

JCH-2018. "E" guruhi, 1-tur
Kosta-Rika – Serbiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 56 Kolarov. 
Kosta-Rika – Navas, Akosta, Gonsales, Duarte, Gamboa, Borxes, Gusman (Kolindres, 73), Kalvo, Ruis, Venegas (Bolanyos, 60), Urenya (Kempbell, 67).
Serbiya – Stoykovich, Ivanovich, Milenkovich, Toshich, Kolarov, Milivoyevich, Matich, Tadich (Rukavina, 83), Milinkovich-Savich, Lyayich (Kostich, 70), Mitrovich (Priyovich, 90).
Ogohlantirishlar: Kalvo (22), Gusman (56), Ivanovich (59), Priyovich (90).

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!