"Jazoyingni yengillashtirib beraman": Sirdaryoda advokat ayblanuvchidan 5 ming dollar so‘radi

"Jazoyingni yengillashtirib beraman": Sirdaryoda advokat ayblanuvchidan 5 ming dollar so‘radi

Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati, giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan ayblanayotgan, Guliston shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishini aytib, 5 ming AQSh dollari so‘raydi.

DXX, Bosh prokuratura va Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!