Janubiy Koreyada tayfun tufayli 10 mingdan ortiq kishi uylarini tashlab ketdi

Janubiy Koreyada tayfun tufayli 10 mingdan ortiq kishi uylarini tashlab ketdi

Dushanba kuni "Omais" to‘foni Janubiy Koreyada suv toshqini va ko‘chkilar xavfini keltirib chiqardi. Natijada 10 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi, deb xabar beradi Ryonxap mahalliy hokimiyatga tayanib.

Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va xavfsizlik bo‘yicha markaziy shtab ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, lekin turli hududlardagi ko‘plab fuqarolar evakuasiya qilingan. Suv toshqini Ulsan, Tongyon, Sachxon va Pusan ​​shaharlarida sodir bo‘ldi. Ulsan va Pusanda 217 ta uy vaqtincha elektrsiz qoldi. Dushanba oqshomiga kelib, Cholla-Namdo provinsiyasida ko‘chkilar xavfi bo‘lgan hududlarda 10 mingdan ortiq aholi uylarini tashlab ketishgan.

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Cholla-Namdo va Kyonsan-Namdo provinsiyalaridagi bir qator avtomobil yo‘llari va Kvanju va Milyang shaharlari orasidagi temir yo‘l yopildi. 86 ta parvoz va 70 ta parom bekor qilindi, 18 ta milliy bog‘da 450 ta kuzatuv yo‘nalishi yopildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tayfun tufayli xavf haqida ogohlantirishlar allaqachon bekor qilingan, ammo seshanba kuni hamon mintaqada kuchli yomg‘ir va 200 millimetrgacha yog‘ingarchiliklar bashorat qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!