Janubiy Koreya o‘zining ilk raketasini kosmosga uchirdi

Janubiy Koreya o‘zining ilk raketasini kosmosga uchirdi

Janubiy Koreya o‘zining ilk yuk tashuvchi raketasi – "Nuri"ni kosmosga uchirdi. Bu mamlakat poytaxti Seuldan 470 km janubda, Cholla-Namdo viloyatidagi Naro kosmodromidan amalga oshirildi.

Umumiy og‘irligi 200 tonnani tashkil etgan yuk tashuvchi raketa ustida 2010 yildan buyon ish olib borilgan va uni yaratishga 2 trillion von (1,79 milliard AQSh dollari) sarflangan.

Raketa bortiga yer sathidan 600–800 kilometr masofaga olib chiqilishi mo‘ljallangan foydali yuk maketi joylashtirilgan. Konstruksiyaning og‘irligi 1,5 tonnani tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!