Jamoat joyida “Allohu akbar” degan musulmon jarimaga tortildi

Jamoat joyida “Allohu akbar” degan musulmon jarimaga tortildi

Shveysariyaning Shaffxauzen shahrida jamoat joyida Allohu akbar deya hayqirgan musulmonga jarima solindi, deya xabar bermoqda The Daily Mail.

22 yoshli Orxanning bunday hayqirishining sababi bor: u do‘stini ko‘chada uchratib qolgan va xursandchiligini shunday ifoda qilgan edi. Uning ovozini eshitgan polisiyachilar oldigi yugurib keldi va nima gapligini so‘radi ularning xayoliga terakt kelgandi.

Polisiyachilar Orxanga jamoat tartibini buzgani uchun 210 frank (170 yevro) miqdorida jarima soldi. Yigitning tushuntirishlari esa naf bermadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!