Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyaga boradi

Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyaga boradi

23 iyun kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapid Turkiyaga safar uyushtiradi, deb xabar tarqatdi siyosiy mahkama matbuot xizmati.

Tashrif chog‘ida ikki tomonlama munosabat va mintaqaviy masalalar muhokama etiladi.

May oyida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavusho‘g‘li Isroilga bordi. Bu turk vazirining mazkur davlatga 15 yildan so‘ng amalga oshirgan safari edi.

Yair Lapid bilan Anqarada o‘tadigan muzokarada har ikki davlatda elchilar faoliyatini boshlash, o‘zaro munosabatni to‘liq me’yoriga keltirish bo‘yicha kelishuvga erishish kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!