Ish vaqtida uyqu eltishiga qarshi 6 tavsiya

Ish vaqtida uyqu eltishiga qarshi 6 tavsiya

Shunday paytlar bo‘ladiki, ish paytida ko‘zlaringiz o‘zingizga bo‘ysunmay qoladi, miya har qanday vazifani rad etadi. Afsuski, ish beruvchilarning hammasi ham bu vaziyatni to‘g‘ri baholamaydi: ular ovozlarini baland ko‘tarib, xodimning maoshini qisqartirish bilan tahdid qiladi. Xo‘sh, bunday vaziyatda uyqu bilan kurashish uchun nimalar qilish lozim?

1. Sovuq suv. Qahva emas, aynan sovuq suv (muz qo‘shilgan bo‘lsa yanada yaxshi) sizni ancha tetiklashtiradi. Bundan tashqari sovuq suv organizmni yetarli regidrasiya bilan ta’minlaydi va metabolizm tezligini oshiradi.

2. O‘zingizni ishontiring. Fikrlash kuchi mo‘’jizalarga qodir. Uyqu haqidagi o‘ylarga berilishning o‘rniga o‘zingizni kuch-quvvatga to‘la ekanligingiz va ishlash istagida yonayotganligingizga ishontiring. To‘g‘ri, bu biroz g‘alati eshitilishi mumkin, lekin siz urinib ko‘ring va bu usulning foyda berishiga ishonch hosil qiling.

3. Meditasiya. Meditasiyani eng yaxshi tetiklashtiruvchi vositalardan biri, deb atashimiz mumkin. 15 daqiqalik to‘g‘ri nafas olish mashqlari miyaga dam berish, organizmni kislorod bilan to‘yintirish va ish jarayonida diqqatni jamlash uchun uchun yetarli bo‘ladi.

4. Yalpizli konfetlar. Yalpiz ta’mi tetiklashtirish xususiyatiga ega. Muhim ishni bajarayotgan paytingizda yalpizli konfet yoki saqichni og‘zingizga solib oling, shunda charchoq hamda dangasalikning ortga chekinishiga guvoh bo‘lasiz.

5. O‘rningizdan turing. O‘rningizdan turib, biror bir jismoniy mashqni bajaring. Qon tana a’zolaringizni to‘ldiradi va metabolik jarayonlarni yo‘lga qo‘yadi, bu esa, o‘z navbatida, tana va miyani ishlashga majbur qiladi. Bino atrofidagi qisqa muddatli sayr ham kutilmagan uyquni haydaydi.

6. Miyangizni uyg‘oting. Erinchoq miyaga hozir ishlashga to‘g‘ri kelishini tushuntirishingiz kerak bo‘ladi. Bunday damlarda krassvord yoki shunga o‘xshash miyani uyg‘otuvchi mashqni bajaring. Yengil aqliy mehnat uyquni yengishga yordam beradi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!