Iroqlik 90 yoshli ayol Qur’oni karimni yod oldi

Iroqlik 90 yoshli ayol Qur’oni karimni yod oldi

Iroq janubidagi Basra viloyatida istiqomat qiluvchi Hamdiya Jaaz Musa xonim 90 yoshida Qur’oni karimni to‘liq yod olib, hofizi Kalomulloh bo‘ldi, deb xabar beradi IQNA. KAF axborot agentligining ma’lum qilishicha, Hamdiya xonim Basraning al-Modinat shahrida 1929 yilda dunyoga kelgan.

Qur’oni karimni ulug‘ yoshlarda yod olish bo‘yicha o‘ziga yarasha rekord o‘rnatgan Hadiya xonim OAVga bergan intervyusida, inson yoshi bu faqatgina raqamlardan iborat ekanini aytib o‘tgan. Hamdiya xonim Iroq bo‘ylab davom etayotgan Mingta hofizi Qur’onni tayyorlash loiyhasining samarasidir. Ma’lum bo‘lishicha, Hamdiya xonim yoshi ulug‘ bo‘lishiga qaramay Qur’oni karim kurslariga muntazam qatnashgan va topshiriqlarni o‘z muddatida bajarishga ulgurgan. Mazkur loyiha doirasida hozirda Iroqning o‘zida 4600 nafar erkak va ayol Qur’oni karimni yod olish kurslariga qatnashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!