Iroqdagi tartibsizliklar: 528 kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi tartibsizliklar: 528 kishi halok bo‘ldi

Iroqda davom etayotgan norozilik namoyishlari natijasida kamida 528 namoyishchi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Rudaw 20 fevral kuni.

Nashr Iroqning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissiyasining ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Tashkilotga ko‘ra, tartibsizliklar paytida 24 ming kishi jarohat olgan.

Bundan tashqari, huquq himoyachilarining so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar paytida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 2800 kishini hibsga olgan, ularning ko‘plari keyinchalik qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Iroqdagi noroziliklarga fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti sohasidagi qoniqarsiz vaziyat sabab bo‘lgan. Mamlakat aholisi ishsizlik darajasi va korrupsiya darajasi yuqori ekanligidan shikoyat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!