Irlandiya Apple’dan 14 mlrd yevrodan ortiq to‘lanmagan soliqni undirib oldi-

Irlandiya Apple’dan 14 mlrd yevrodan ortiq to‘lanmagan soliqni undirib oldi-

Evropa komissiyasi Irlandiyaga qarshi sud da’vosini qaytarib olishni rejalashtirmoqda. Bunga mamlakat tomonidan Amerikaning Apple kompaniyasidan to‘lanmagan 14,3 milliard yevro miqdoridagi soliqning undirib olingani sabab bo‘lgan. Bu haqda raqobat masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Margret Vestagerga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Vestagerning ma’lum qilishicha, Irlandiya moliya vaziri 14 milliard yevro miqdoridagi to‘lanmagan soliq to‘liq to‘langanini tasdiqlagan. Shu tariqa komissiya sud ishini yopishi mumkin.

Xabar berilishicha, Irlandiya hukumati Apple’dan 13,1 milliard dollar miqdorida to‘lanmgan soliq va 1,2 milliard dollar miqdorida ularning foizini undirib olgan. To‘langan mablag‘lar Irlandiyada alohida hisob raqamda saqlanmoqda. Bu mablag‘lar Apple va Yevrokomissiya qaroriga nisbatan Irlandiya hukumati appelyasiyasining ko‘rib chiqilish muddati tugaguncha ana shu hisob raqamda turadi.

Manba; daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!