Indoneziyada ayollarga begona erkaklar bilan ovqatlanish taqiqlandi

Indoneziyada ayollarga begona erkaklar bilan ovqatlanish taqiqlandi

Yangi qoidaga viloyatdagi barcha kafe va restoranlar rioya qilishi majburiy ekanligi belgilab qo‘yildi. Islom ishlari mahalliy boshqarma rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, ayollar erkaklar bilan birga ovqatlanayotganda Shariat qonunlarini buzishadi: bunga faqat eri yoki yaqin qarindoshlari bilan ruxsat etilishi mumkin.

Rasmiy mulozimning ta’kidlashicha, direktivaning maqsadi –“ayollarning qadr-qimmatini himoya qilish bo‘lib, ular o‘zlarini qulay, yengil va taqvodorligini his etishi bo‘lib, Shariat qonunlarini buzadigan biror narsa qilmaslikdir”.

Lenta.ru xabariga ko‘ra, musulmon viloyatidagi shariat qonuni, turmush qurmagan har qanday shaxslar o‘rtasida yaqinlik ifodasini taqiqlaydi. Yangi qoidalar, boshqa narsalar qatorida, 21:00 dan keyin har qanday nikohsiz ayollarning turli xil jinsdagi va hamkasblar bilan birgalikda ovqatlanishiga cheklovlar qo‘yadi.

Manba:azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!