Ilon Mask yana "Twitter'ni sotib olish niyatida

Ilon Mask yana "Twitter'ni sotib olish niyatida

Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi vakillariga platformani sotib olishni ikkinchi bor taklif qildi. Tadbirkor shu mazmunda ijtimoiy tarmoq rahbariyatiga xat yo‘llagan.

Ma’lum bo‘lishicha, milliarder har bir aksiya uchun 54,2 AQSh dollari miqdorida boshlang‘ich narx taklif qilmoqda. Biroq, kompaniya va tadbirkorning rasmiy vakillari ushbu ma’lumotni tasdiqlashmagan.

Ilon Maskning bitimni qayta tiklash niyatida ekanligi haqidagi xabarlar Twitter'ning Maskka qarshi da’vosi ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan sud majlisi oldidan paydo bo‘lgan.

Kompaniya rasmiylari milliarderdan xaridni amalga oshirishni talab qilishmoqda. Sud majlisi 17 oktyabr sanasiga rejalashtirilgan.

Bitimning qayta tiklanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin Twitter aksiyalari narxi 12 foizga qimmatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, milliarder Ilon Mask Twitter'ni 44 milliard AQSh dollari evaziga sotib olish rejasi haqida joriy yilning aprel oyida ma’lum qilgandi. Iyul oyining boshlariga kelib tadbirkor o‘z fikridan voz kechgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!