Husniddin Po‘latov WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Husniddin Po‘latov WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi

Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi o‘tkazildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu oqshomda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Husniddin Po‘latov yarim o‘rta vazn toifasida indoneziyalik Soxlan Koralga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan bahsda o‘zbekistonlik sportchi 6-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi.

Po‘latov professional ringda 14-jangini o‘tkazdi. U shu vaqtgacha o‘tkazilgan janglarining 10 tasida g‘alaba qozongan (5 ta nokaut) va 3 marta mag‘lubiyatga uchragan (3 ta nokaut). Indoneziyalik bokschi esa shu vaqtga qadar 24 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alabaga erishgan va 7 marta mag‘lubiyatga uchragandi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!