Husiylar BMT Xavfsizlik kengashiga norozilik maktubi yubordi

Husiylar BMT Xavfsizlik kengashiga norozilik maktubi yubordi

Yamanning “Ansar Alloh” (husiylar) harakati Isroilning Hudayda shahriga hujumi tufayli BMT Xavfsizlik kengashiga norozilik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Anadolu'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Husiylar tashqi ishlar vaziri Hisham Sharaf BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Xavfsizlik kengashining muvaqqat raisi bo‘lgan Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenziyga maktub yo‘llagan. Xatda husiylar 20 iyul kuni Hudayda portiga Isroil qilgan hujumidan norozilik bildirgan.

Hujumlar asosan neft inshootlariga qaratilgan. Hudayda shahriga yaqin neft omborlari va elektr tizimlari portlatilib, vayron qilingan.

Maktubda yahudiy davlatining Yamanga hujumi “xalqaro huquqning, BMT nizomi maqsadlarining va mamlakat suverenitetining ochiqdan ochiq buzilishi” sifatida baholangan. Tashkilotdan “Isroilning Yamanga qarshi tajovuzini qoralash” chaqirig‘i mavjud. Bundan tashqari, husiylar agar Isroil yana Yamanga zarba bersa, bu jazosiz qolmasligini qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!