Hokimlik binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol yakunda aybdorga aylandi

Hokimlik binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol yakunda aybdorga aylandi

Joriy yilning 27 may kuni xalqaro internet tarmog‘ining ayrim ijtimoiy sahifalarida Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Abdullayevaning viloyat hokimligi binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lganligi holati bo‘yicha video tarqalgan.

Mazkur holat byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari va boshqa tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganib chiqildi.  

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 03.10.2019 yildagi 2-2101-1904/15483-sonli ijro hujjatiga asosan undiruvchi Karmana tuman hokimligi foydasiga qarzdor D.Abdullayevaga tegishli Karmana tumani, “Kalovat” mahallasi hududida tuman hokimligining zaxira yer maydonlarida noqonuniy qurilgan 9x40 metr o‘lchamdagi uy-joyini buzdirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga 25.10.2019 yilda kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi D.Abdullayevaga imzo qo‘ydirilgan holda tanishtirilib, ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida 14.02.2020 yilda, ijro hujjati bo‘yicha 17.02.2020 yil soat 1000ga majburiy ijro tayinlanganligi haqida xabarnoma tuman IIB va IIB YOXB organlari, kadastr, tibbiyot birlashmasi hamda mahalla raisiga topshirilgan.  

Shu kuni qarzdorning “Kalovot” MFYdagi manziliga mutasaddi organlar bilan borilgan, ammo fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 17.02.2020 yildagi “Ijro harakatlarini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida”gi ajrimiga asosan ijro hujjati harakatdan to‘xtatilgan.  

Shu sudning 24.03.2020 yildagi “Ijro harakatlarini davom ettirish to‘g‘risida”gi ajrimi bo‘lim ish yurituviga 31.03.2020 yilda kelib tushgan va qarzdor 01.04.2020 yilda qayta ogohlantirilgan.

Biroq, D.Abdullayeva ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda bajarishdan bosh tortib kelgan.

Shu bois, 25.05.2020 yil soat 10:00da yana majburiy ijro tayinlanib, qarzdorga bu haqida tushuntirish berilgan. 

Shunday keyin ham qarzdor sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarmaganligi sababli, soat 14:00da uning mazkur uy-joyi mutasaddi organlar (IIB, IIB YOXB, Milliy gvardiya, tibbiyot birlashmasi, xokimiyat vakili) ishtirokida majburiy tartibda buzdirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha davlat ijrochilarining xatti-harakatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!