Hindistonlik qiz shahzoda Garrini sudga bermoqchi

Hindistonlik qiz shahzoda Garrini sudga bermoqchi

Hindistonlik qiz Britaniya shahzodasi Garrini jazolashlarini talab qilib sudga murojaat qildi. Uning aytishicha, shahzoda qizga uylanishga va’da berib, so‘zida turmagan emish. Qiz qasamini buzgan shahzodaga jazo berishlarini talab qilmoqda.

Advokat Palvinder Sing shahzoda bilan elektron pochta orqali maktub yozishganini ta’kidladi. Maktublarida go‘yoki shahzoda qizga uylanishga va’da bergan. Ammo qiz hech qachon Buyuk Britaniyaga bormagani, shahzoda bilan shaxsan tanish emasligini aytdi. Sing o‘zi va shahzodaning to‘yiga xalaqit beradigan murakkabliklar kelib chiqmasligi uchun uni darhol qamoqqa olish kerakligini talab qilgan. Ariza Panjob va Xaryan shtatlari Oliy sudi tomonidan rad etildi. Qiz noma’lum firibgarning o‘ljasiga aylangan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda mashhur shaxslar nomidan ochilgan soxta profillar ham ko‘p. Qiz aytayotgan Garri ham soxta profildan yozgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!