Hindiston Panjob shtatida birinchi S-400 havo mudofaa tizimini joylashtirdi

Hindiston Panjob shtatida birinchi S-400 havo mudofaa tizimini joylashtirdi

Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi havo mudofaasi bo‘yicha hamkorlik doirasida S-400 tizimlarining birinchi batareyalari o‘rnatildi.

Hindiston Harbiy havo kuchlari tomonidan berilgan bayonotda, S-400 batareyalarining Hindistonning Panjob shtatiga joylashtirilgani, Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalarning esa mamlakatning havo mudofaa salohiyatini oshirishi qayd etildi.

Panjobda joylashtirilgan S-400 havo mudofaa tizimining, 400-250 kilometr masofaga uchadigan jangovar samolyotlari, ballistik raketalar va AWACS samolyotlarini, o‘rta masofada 120 kilometr va qisqa masofada 40 kilometrlik 4 xil raketa bilan urib tushirishga qodir ekanligi ta’kidlandi.

Ismi oshkor etilmagan rasmiyning aytishicha, birinchi joylashtirilgan tizimlar Xitoy va Pokistondan kelayotgan havo tahdidlariga qarshi tura oladi.

Tashqi ishlar vaziri Xarsh Vardxan Shringla, shu oyning boshida Rossiya, havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarini yetkazib berishni boshlaganini e’lon qildi.

Ikki davlat o‘rtasida 2015 yilda raketa tizimlarini sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolangan, 2018 yilda esa 4,5 milliard dollarlik shartnoma yakunlangan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, o‘tgan haftalarda Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Hindiston o‘rtasida S-400 havo hujumidan mudofaa raketa tizimlari sohasidagi hamkorlikka to‘sqinlik qilishga urinayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!