Hindiston kompaniyasi namanganlik tadbirkor ustidan shikoyat qildi. Tadbirkor jazolandi

Hindiston kompaniyasi namanganlik tadbirkor ustidan shikoyat qildi. Tadbirkor jazolandi

Yodingizda bo‘lsa sal oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda barchaga tanish bo‘lgan "TRIMOL" dori vositasining umumiy ko‘rinishi va nomidan foydalanib "TURMOL" tabletkalarini ishlab chiqarayotgan namanganlik “uddaburon tadbirkor” haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Intellektual mulk agentligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

"TRIMOL" dori vositasini ishlab chiqarayotgan Hindistonning “AJANTA PHARMA LIMITED” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan ularning tovar belgisi bilan o‘xshash hamda iste’molchini chalg‘ishiga sabab bo‘luvchi tovar belgisidan foydalanib qonunga xilof ravishda ishlab chiqarayotgan "MERRYMED FARM" MCHJga huquqiy chora ko‘rish uchun Intellektual mulk agentligiga murojaat qildi. 

Agentlik esa murojaatga asosan holat bo‘yicha Ma’muriy sudga bayonnoma kiritdi. Natijada “Marrymed Pharm” MCHJga BHM 3 baravari miqdorida ya’ni 669.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi. 

Tadbirkor belgilangan jarima summasini to‘lab yana ishini davom ettirishi mumkin yoki tovar belgisidan foydalanib allaqachon o‘z foydasini qilib olganku degan har xil e’tirozlar bo‘lishi mumkin. Bu borada «Trimol» dori vositasini ishlab chiqargan kompaniya ikkinchi tarafni yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha sudga bersa va buning natijasida yirik miqdorda jarima undirilsa, o‘shandagina bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish mumkin.

Aslida qaroqchi tadbirkorlik faoliyatining oldini olish va bunga chek qo‘yish uchun BHM 3 baravari miqdorida jarima jazosi bu yechim emas. Bu borada aholining huquqiy ongini oshirish hamda o‘zganing tovar belgisidan noqonuniy foydalangan tadbirkorlarga nisbatan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Sababi Intellektual mulk agentligiga o‘z huquqlari buzilayotgan tadbirkorlar murojaat qilishmasa, Agentlik bu borada hech qanday chora ko‘ra olmaydi. Chunki tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish agentlik vakolatiga kirmaydi", deyiladi munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!