Haydovchilarga YPX xodimlarini foto va videoga olishga ruxsat berildi

Haydovchilarga YPX xodimlarini foto va videoga olishga ruxsat berildi

Vanihoyat, O‘zbekistonda ko‘plab mojarolarga sabab bo‘layotgan holatga aniqlik kiritildi – YPX xodimlarini suratga olishga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda "norma.uz".
“O‘zbekistonda 4 dekabrdan boshlab YPX xodimlari harakatlarini foto va video suratga olishga rasman ruxsat berildi. Faqat foto va video suratga olish ta’qiqlangan joylar bundan mustasno”, - deyilgan xabarda.  

Undan tashqari, haydovchilar uchun videoga olish – ko‘ngilli ish bo‘lsa, YPX xodimlari uchun bu - majburiy amaliyotga aylanadi. 2019 yilning 1 iyulidan boshlab barcha YPX xodimlari tanaga mustahkamlanadigan mobil kamera bilan jihozlanadi. Kamerasi bo‘lmagan xodimga - hujjat taqdim etish shart emas, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 4 dekabr kuni qabul qilingan 975-sonli qarorida  YPX xodimlari faoliyatiga doir muhim o‘zgarishlar kiritilgan. Xususan, xodimlar faqat belgilangan joylarda xizmat olib borishlari, ularning yashirinishi mumkin emasligi haqida aytib o‘tilgan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!