Haydovchilar yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi

Haydovchilar yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi

Qonun bilan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish uchun asoslar belgilandi.

✅ Unga ko‘ra:

⚠️ Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma – sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun hodisa sodir etilgan joyda unda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat.

📝 Xabarnoma yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi.

☑️ Haydovchilar tomonidan xabarnomani rasmiylashtirish ma’muriy javobgarlikka tortilishni istisno etuvchi holat etib belgilandi.

❕Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan hollarda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan taqdirda haydovchi javobgarlikka tortilmasligi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!