Gruziya sharqida 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi

Gruziya sharqida 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi

Gruziya sharqida 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Seysmik monitoring milliy markazi saytidagi xabarda aytiladi.

Er silkinishlari Tbilisi vaqti bilan 12:08 da Kaxeti viloyatidagi Dedoplistskaro shahridan 9 km shimoli-g‘arbda qayd etilgan.

Zilzila episentri 18 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!