Grizmann "Yuventus"da Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin

Grizmann "Yuventus"da Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin

"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

Agar Turin klubidan forvard Krishtianu Ronaldu ketsa, fransuzning transferi amalga oshishi mumkin.

Portugaliyalik ketganidan so‘ng "keksa sinyora"da maoshlar miqdori pasayadi va ular hujumda yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzolashga tayyor bo‘lishadi. "Barselona" "Yuventus"ni Antuanni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish varianti qiziqtirishi mumkin deb hisoblamoqda.

30 yoshli Grizmann o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 51ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol va 13ta assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!