Grippning “nozik” tomoni topildi

Grippning “nozik” tomoni topildi

Britaniyalik olimlar gripp virusi qobig‘ida strukturasi oxirgi 50 yil ichida o‘zgarmagan qismini topib, uni ushbu kasallikdan yana bir universal vaksina yaratish uchun qo‘llashdi.

“Bunday yondashuvni nafaqat grippdan, balki biz normal kurasha olmaydigan boshqa ko‘plab kasalliklarga vaksina yaratish uchun qo‘llash mumkin. Ehtimol, yaqin orada vaksinalar yaratishda haqiqiy inqilob yuz berishi mumkin”, deb aytgan Oksford universiteti olimi Kreyg Tompson.

Olimlarning fikricha, virus o‘tmishda qanday evolyusiya qilgani va uning qaysi qismlari eng kam o‘zgarganini tahlil qilish bilan sariq kasal va OIVdan vaksinalar yaratish mumkin.

Grippga qarshi kurash uning 3 ta ko‘rinishi borligi sababli murakkablashadi, chunki kelgusida uning qaysi turi tarqalishini prognoz qilish qiyin.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!