Grenlandiyada atigi 2 kun ichida 16 milliard tonna muz eridi

Grenlandiyada atigi 2 kun ichida 16 milliard tonna muz eridi

Grenlandiyada 28 iyuldan boshlab mutaxassislar havoning nihoyatda yuqori haroratini qayd etishdi, u 19,8 darajaga yetdi. Bu atigi 2 kun ichida 16 milliard tonna muz erishiga sabab bo‘ldi.

Grenlandiya - shimoliy yarim sharning eng katta muz hududi, uning aholisi 50 mingga yaqin. Daniya meteorologiya instituti (DMI) ma’lumotlariga ko‘ra, u chorshanba kuni 8,5 milliard tonnadan ortiq muzlikni yo‘qotdi. Erish payshanba kuni ham davom etdi, yana 8,4 milliard tonna muz yo‘qoldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erigan muz 2 dyuym chuqurlikdagi 65 758 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan Floridani qoplash uchun yetarli bo‘lardi.

Daniya avtonom hududida erish mavsumi odatda iyundan avgustgacha davom etadi va iyul oyida avjiga chiqadi. O‘tgan chorshanbadan beri 40 milliard tonnadan ziyod muz eridi, DMI ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyining boshidan beri 100 milliard tonnadan ziyod muz erigan.

Grenlandiyadagi eng katta erish 2019 yilda kuzatilgan, bunda mavsum davomida 530 milliard tonnadan ortiq muz yo‘qolgan, deb xabar beradi BBC. CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, u 2019 yil 30 iyulda kun davomida 11 milliard tonnadan ziyod muzni yo‘qotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!