Global qarz miqdori rekord darajada ko‘paydi

A A A
Global qarz miqdori rekord darajada ko‘paydi

 

 

 

O‘tgan 2020 yilda global qarz miqdori rekord darajaga ko‘tarilib, 281 trln dollarni tashkil etgan. «Izvestiya» ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qarz miqdori jahon iqtisodiyotiga nisbatan 3,5 baravar ko‘p.

2020 yilda qarzdorlik 24 trln dollarga oshgan. Ushbu miqdor dunyo bo‘yicha rekord darajaga ko‘tarilgan.  Masalan, 2019 yilga kelib global qarzdorlik 10,8 trillion dollarga, 2018 yilda esa atigi 3,3 trillionga o‘sgan xolos.

Ushbu miqdorning qariyb yarmi AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyaga zimmasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu davlatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashga sarflangan mablag‘ tufayli o‘zlarini qarzga botirganlar.

«Jahon iqtisodiyoti kelajakda qanday yo‘l bilan bu qadar katta miqdordagi qarz mablag‘larini iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan kamaytirishini tushunib bo‘lmaydi», — deyiladi Xalqaro moliya instituti hisobotida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!