Germaniyada transport sohasida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz kasbga o‘rgatiladi

Germaniyada transport sohasida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz kasbga o‘rgatiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi o‘rtasida ayni maqsadga qaratilgan bayon imzolandi.

“Deutsche Bahn” – Germaniyaning asosiy temir yo‘l operatori sanaladi. 100 foiz davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 milliard 303 million yevroni tashkil qiladi.

Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz ushbu davlat standartlari asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.

–Temir yo‘l transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz bor va ularni nemis standartlari asosida O‘zbekistonda o‘qitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni “Deutsche Bahn” tarmog‘iga ishga joylashtirishga tayyormiz, – dedi Niko Varbanoff.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!