Germaniyada terorchilikda ayblanib Markaziy osiyolik 10 kishi ushlandi

Germaniyada terorchilikda ayblanib Markaziy osiyolik 10 kishi ushlandi

Germaniya polisiyasi Dyusseldorfda terrorchilik akti rejalashtirayotgan 10 nafar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Bild nashri.

Ushbu fuqarolar Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Baden-Vyurtemberg federal hududlarida bo‘lib o‘tgan maxsus aksilterror operasiyalar davomida hibsga olindi. Operasiya doirasida portlovchi moddalar bilan ishlovchi mutaxassislar yordami kerak bo‘ldi , - deyilgan xabarda.

Dyusseldorf shahar prokuraturasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, gumon qilinuvchi shaxslar 10 kishi va ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari. Ular Islomiy davlat terrorchilik tashkiloti bilan aloqa qilishda va davlat xavfsizliga tahdid solishi mumkin bo‘lgan jinoyat rejalashtirishda gumonlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!