Germaniya Tashqi ishlar vaziri yana Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha muloqot qilmoqchi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri yana Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha muloqot qilmoqchi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri AQShga safari oldidan yana Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha muloqot qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.

"Rossiya haqida so‘z borganida, yevropaliklar va AQSh hukumati yaxshi tushunadi-ki, Rossiyaning harakatlari jiddiy tus olmoqda va chiqish yo‘li faqat muloqot orqali bo‘lishi mumkin. Biz bu haqda Rossiya hukumatiga o‘tmishda ham bir necha marta ochiq aytganmiz. Hozir biz hal qiluvchi bosqichga kirmoqdamiz, bunda turli darajalarda muhim muzokaralar kutilmoqda", — deb ta’kidladi Annelena Berbok.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yevropaliklarning eng kuchli ittifoqchisi hisoblanadi.

Germaniya vaziri Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar olib boradi.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!