Gandbolchilarimiz jahon chempionatida Portugaliya bilan kuch sinashadi

Gandbolchilarimiz jahon chempionatida Portugaliya bilan kuch sinashadi

Shimoliy Makedoniyaning Skope shahrida gandbol bo‘yicha xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida U20 jahon chempionatining ilk tur o‘yinlari ortda qoldi.

Yigirma to‘rtinchi bor tashkil etilayotgan mazkur jahon chempionatining "G" guruhidan joy olgan O‘zbekiston U20 qizlar terma jamoasi 1-turni Chernogoriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Shiddatli va o‘ziga xos tarzda kechgan o‘yinda Chernogoriya –O‘zbekiston 48:32 hisobida yakunlandi.

Endi mamlakatimiz gandbolchilari 21 iyun kuni o‘tkaziladigan 2-turda Portugaliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Hamyurtlarimiz 22 iyun kuni o‘tadigan 3-turda Gvineya vakillariga qarshi maydonga tushadi.

Portugaliyaliklar 19 iyun kuni o‘tgan 1-turda Gveniya terma jamoasini 32:18 hisobida dog‘da qoldirdi.

Jahon chempionatida 32 ta jamoa qatnashayotgan bo‘lsa, «A» guruhidan Ruminiya, Braziliya, Niderlandiya, Eron, «V» guruhidan Shveysariya, Tunis, Misr, Chili, «S» guruhidan Vengriya, Argentina, Janubiy Koreya, Meksika, «D» guruhidan Daniya, Yaponiya, Norvegiya, Xitoy Taypeyi, «E» guruhidan Chexiya, Jazoir, Shvesiya, Xitoy, «G‘» guruhidan Germaniya, Serbiya, Fransiya, Ispaniya, «N» guruhidan Angola, Islandiya, Shimoliy Makedoniya, AQSh joy olgan.

Shu o‘rnida bir gap. Beshta qit’aning 32 ta milliy terma jamoalari qatnashayotgan jahon chempionati yo‘llanmasini O‘zbekiston qizlar terma jamoasi joriy yil 28 fevral-3 mart kunlari poytaxtimizda tashkil etilgan "IHF Trophy" turnirida qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati musobaqalari 30 iyunga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!