FVV aniqlik kiritdi: «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga keldimi?

FVV aniqlik kiritdi: «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga keldimi?

FVV ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 8 yanvar kuni Qamchiq dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz:

A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida 2019 yilning 8 yanvar kuni qor yog‘ishi kuzatilgan va o‘rtacha harorat -4 darajani tashkil etgan, yo‘lning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar, shuningdek, hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan , - deya ta’kidlab o‘tishgan FVVdan.

O‘zgidromet xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 yanvar kuni Qamchiq dovonida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli mavjud, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!