Fuqarolarni “o‘zini yakkalash” hayot tarziga rioya qilishga majburlash qonuniymi? 

Fuqarolarni “o‘zini yakkalash” hayot tarziga rioya qilishga majburlash qonuniymi? 

“O‘zini yakkalash” hayot tarzi fuqarolarning erkin harakatlanishiga oid huquqlarini cheklaydi, biroq bu cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga to‘liq muvofiq bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan xatarlarga mutanosibdir. 

Konstitusiyaning 20-moddasiga muvofiq, fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. 

Konstitusiyaning 28-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega, qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir, deb belgilab qo‘yilgan. 

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, aholi va transport vositalarining harakatlanishini ko‘zda tutuvchi cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilishi mumkin. 

Konstitusiyaning 54-moddasida mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 

Bundan tashqari, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi hamda boshqa fuqarolarning sog‘liqni saqlash va qulay yashash muhitiga bo‘lgan huquqlari buzilishiga sabab bo‘luvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart.

Shu bilan birga, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qonunda ko‘zda tutilgan va davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholining sog‘ligi yoki ahloqi yoki boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari muhofazasi uchun zarur bo‘lganda  ayrim huquqlarni cheklashga yo‘l qo‘yadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!