Fransiyadagi eng eski AESlardan biri yopildi

Fransiyadagi eng eski AESlardan biri yopildi

Fransiyadagi eng qadimiy atom elektr stansiyalaridan biri faoliyatini to‘xtatdi. Germaniya bilan chegarada joylashgan Fessenxaym AESning ikkinchi va oxirgi energobloki 29 iyun kuni o‘chirildi. Bu haqda Fransiyaning EDF energetika konserni xabar berdi.

Shunday qilib, mamlakat hukumati Germaniya va Shveysariyaning AES faoliyatini to‘xtatish haqidagi uzoq yillik talabini bajardi.  

Yadroviy reaktorni buzish ishlari 2025 yilda boshlanadi va 2040 yilgacha davom etishi kutilmoqda. 

Parij ushbu stansiya yopilishiga qarshi chiqqan kasaba uyushmalariga 446 million yevro kompensasiya to‘lashni va’da qilgan. Kasaba uyushmalari yuzlab kishilar ishsiz qolishidan xavotirlanmoqda. Germaniya va Fransiya ishsizlik yechini topdi – hududda texnopark quriladi.

Dastlab AES faoliyatini 2016 yil oxirigacha to‘xtatish rejalashtirilgandi. Bu AES reaktorlari 1977 yilda ishga tushirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!