Fransiya Erdo‘g‘anning karikaturasini chop etdi. Turkiya qasos oladimi?

Fransiya Erdo‘g‘anning karikaturasini chop etdi. Turkiya qasos oladimi?

Anqara Fransiyaning Charlie Hebdo jurnalida mamlakat rahbari Erdo‘g‘anning karikaturalari nashr etilishini "madaniy irqchilik va nafratni tarqatish uchun jirkanch urinish" deb atadi.

Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun karikaturalarni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Musulmonlarga qarshi dasturining mevalari" deb atadi va "irqchi, islomofobiya va antisemitizm da’vatlari Turkiyani qasos olishga unday olmaydi", dedi. Altunning so‘zlariga ko‘ra, "madaniyatga qarshi hujumlar irqchilik va kamsitishlarni keltirib chiqaradi", deb xabar beradi RIA Novosti.

Avvalroq, Charlie Hebdo jurnali Parij va Anqara munosabatlaridagi inqiroz fonida Erdo‘g‘anning karikaturasini muqovaga joylashtirgan edi. Rasmda yarim kiyingan Erdo‘g‘an alkogolsiz ichimlik bilan kresloga o‘tirib, xizmatkor ayol libosining etagini ko‘tarib turibdi. Karikaturaga: "Erdo‘g‘an shaxsiy hayotda juda o‘ynoqi" deya izoh berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!