Fransiya Durovga qarshi hech qachon qo‘llanilmagan eski qonundan foydalandi

A A A
Fransiya Durovga qarshi hech qachon qo‘llanilmagan eski qonundan foydalandi

Fransiya Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan respublikada ilgari qo‘llanilmagan eski qonundan foydalandi, deb yozadi "Politico" nashri.

"Durovga qarshi ayblovlar asosida kriptologik vositalar taklif qiluvchi har qanday kompaniyani bu haqida Fransiya kiberxavfsizlik agentligi ANSSIni ogohlantirish va o‘z ixtiyorida kriptologik vositaning texnik tavsifiga ega bo‘lishni talab qiluvchi qonun turibdi", - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lshicha, ushbu qonun 20 yil avval kuchga kirgan, biroq undan texnologik platformalarga qarshi ayblovlar qo‘yish uchun hech qachon foydalanilmagan. Shunday qilib, shifrlangan xabar almashish xizmatlari Fransiya qonunchiligini buzmasligini isbotlashi kerak bo‘ladi. Bu ayrim G‘arb davlatlarining odamlarning onlayn muloqotlari ustidan nazorat o‘rnatishga qanday harakat qilayotganini ko‘rsatadi, deya xulosa qiladi nashr.

Durov 24 avgust kuni Parij Le Burje aeroportida qo‘lga olingan edi. Unga nisbatan qator jinoyatlar bo‘yicha aybnomalar qo‘yilgan. Ayblovlar asosida — uchinchi tomonlar tomonidan Telegram orqali sodir etgan jinoyatlarda platforma yaratuvchisini ham aybdor deb topish. Durovga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Tadbirkorning hibsga olinishi ko‘plab mamlakatlarda jamoatchilik tomonidan keng tanqidlarga sabab bo‘ldi.

28 avgust oqshomida messenjer asoschisi Fransiyani tark etmaslik sharti bilan qo‘yib yuborildi. Shuningdek, u besh million yevro garov puli to‘lashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!