Fayzullayev: "Yangi Messi bo‘lishni xohlamayman"

Fayzullayev: "Yangi Messi bo‘lishni xohlamayman"

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev "Dinamo"ga qarshi o‘yindan keyin (2:3) Lionel Messiga solishtirilishi haqida gapirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi o‘zini bu mavsum kashfiyoti deb hisoblashni istamasligini, chunki u uchun jamoaviy natijalar muhim ekanini ta’kidladi.

"Men yangi Messi deb atashlariga qo‘shilmayman. Men uni yaxshi ko‘raman, lekin o‘zim bo‘lishni xohlayman", - deya Fayzullayevning so‘zlarini keltiradi Match TV.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli vinger SSKA safiga yozgi transfer oynasida qo‘shilgandi. U barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikki gol va jamoadoshlariga 7 ta golli uzatma bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!