Farg‘onada ikki yashar bolasini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Farg‘onada ikki yashar bolasini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida ikki yoshli farzandini 1500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 24 yoshli G.S. ikki yoshli o‘g‘li SH.T.ni 1500 AQSh dollariga sotishni rejalashtiradi. Shu maqsadda o‘zaro kelishuv asosida bola uchun kelishilgan pulning 500 dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, hali turmushga chiqmagan ayol fohishalik qilib yurib ushbu bolani tug‘gan. Shu bois bolaning otasi kimligi ham noma’lum.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda o‘z farzandini sotish bilan bog‘liq 23 ta holat kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!