Farg‘onada firibgarga aylangan yo‘lovchi ushlandi

Farg‘onada firibgarga aylangan yo‘lovchi ushlandi

2019 yil 18 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida yashovchi A.U. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yil 29 dekabr kuni soat 9:30larda 2 noma’lum shaxs Farg‘ona shahar markazidan uning boshqaruvidagi avtomashinaga o‘tirib, Marg‘ilon shahar FHDYo bo‘limi oldiga kelganlarida, noma’lum shaxslardan biri undan Samsung mobil telefonini qo‘ng‘iroq qilish uchun olib, voqea joyidan qochib ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘shtepa tumani O‘qchi mahallasida yashovchi R.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!