Farg‘onada 16 yoshli o‘smirning kuygan holdagi jasadi topildi

Farg‘onada 16 yoshli o‘smirning kuygan holdagi jasadi topildi

2019 yilning 20 dekabr kuni soat 05:20da Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Obod” MFY Bo‘ston ko‘chasida joylashgan 36-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan vaqtda yashash uyining ichki va tom qismi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 05:33da qurshab olingan va soat 06:00da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 45 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Saqlab qolingan maydoni 100 kv. metr.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy bekasining nabirasi, 2003 y.t. fuqaro A.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘inning taxminiy sababi - qo‘lbola o‘tinli isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirilishi.

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!