"Faqat mahalla raislariga tanish yoki qarindosh bo‘lgan oilalarga yordam ko‘rsatilmoqda"

"Faqat mahalla raislariga tanish yoki qarindosh bo‘lgan oilalarga yordam ko‘rsatilmoqda"

Bugun AOKA shtabida Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi Axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan vazirlik faoliyatiga oid ko‘tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari faoliyati qanday tashkil etilmoqda? Faqat mahalla raislariga tanish yoki qarindosh bo‘lgan oilalarga yordam ko‘rsatilayotganiga ham guvoh bo‘layapmiz.

Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasiga COVID-19 pandimiyasidan jabr ko‘rgan aholiga, birinchi navbatta ehtiyojmand oilalarga birlamchi oziq-ovqat maxsulotlari va dori-darmonlarni yetkazishga ko‘maklashish maqsadida joriy etildi.

 Mahalla raislarining qarindoshlari va tanishlariga yordam ko‘rsatilmoqda, degan e’tirozni qabul qila olmaymiz. Bugun mamlakatimiz sinovli kunlarni boshdan kechirmoqda. Shunday og‘ir kunda tanish-bilishchilik, ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga tizimda O‘RIN YO‘Q!

Bu haqida mahalla raislari hududiy boshqarmalar orqali Vazir tomonidan deyarli har kuni ogohlantirilmoqda.

? Agar shunday holatlar kuzatiladigan bo‘lsa, vazirlikka xabar qilishingizni so‘raymiz!

Har bir hududdan 5 nafardan mas’ullarning telefon raqamlarini vazirlikning telegramdagi Asl kuch birlikda (https://t.me/aslkuchbirlikda) nomli rasmiy telegram kanali orqali e’lon qildik.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq nazorati" guruhi bilan juda faol ishlayapmiz.

Vazirlik "Zo‘r TV" telekanali bilan hamkorlikda yangi loyihani ishga tushirmoqda. Tashkil etiladigan ko‘rsatuv orqali aholidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!