Falastinlik fotojurnalist “World Press Photo” tanlovida “Yilning eng yaxshi fotosurati” nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi

Falastinlik fotojurnalist “World Press Photo” tanlovida “Yilning eng yaxshi fotosurati” nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi

Falastinlik fotojurnalist “World Press Photo” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Asli falastinlik bo‘lgan Reuters fotomuxbiri Muhammad Salem o‘zi tasvirga olgan surat bilan nufuzli tanlov g‘olibiga aylangan. Suratda oq matoga o‘ralgan farzandi jasadini quchoqlagan ayol tasvirlanadi. Shiddatli urush qayg‘usining sokin lahzasi aks etgan surati uchun jurnalist “World Press Photo” nufuzli mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Manbada aytilishicha, jurnalist tasvirga olgan suratdagi ayol 36 yoshli falastinlik ayol Inas Abu Maamar bo‘lgan. U suratda ushlab turgan jasad uning besh yoshli jiyani Sali bo‘lgani xabar qilingan.

Ushbu surat 17-oktyabr kuni G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida, Nosir kasalxonasidagi o‘likxonada olingan. Suratkash go‘dak ustida iztirob chekayotgan ayol timsolida urush dahshatini ifodalashga uringanini ma’lum qilgan.

“Bu og‘riqli va qayg‘uli lahza edi. Men olgan tasvirim G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealardan-da kengroq ma’noni ifodalaganini his qilib turgandim “, — degan jurnalist Salem.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!