Falastin fraksiyalari hukumat boshqaruvi bo‘yicha kelishuvga erishishdi — Xitoy Tashqi ishlar vazirligi

Falastin fraksiyalari hukumat boshqaruvi bo‘yicha kelishuvga erishishdi — Xitoy Tashqi ishlar vazirligi

Xitoyda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida 14 ta Falastin fraksiyasi G‘azo sektoridagi jangovar harakatlar tugaganidan so‘ng “kelishuv uchun milliy muvaqqat hukumat” tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Pekin deklarasiyasi imzolangani haqida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I e’lon qildi.

Bayonotga ko‘ra, imzo chekkanlar orasida HAMAS guruhi, shuningdek, uning raqibi, Falastin Ozodlik Tashkilotidagi eng kuchli fraksiya bo‘lgan, Isroilning mavjud bo‘lish huquqini tan olgan va aksariyat G‘arb davlatlarida falastinliklar vakili sifatida ko‘riladigan FATH vakillari ham bo‘lgan.

Shu bilan birga, Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kas kelishuvni rad etib, G‘azo sektorida HAMAS va FATH o‘rtasida qo‘shma hukumat bo‘lmaydi, chunki “HAMAS hukmronligi tor-mor qilinadi”, deya ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!