Evro-2020ning eng qo‘pol futbolchisi ma’lum qilindi

Evro-2020ning eng qo‘pol futbolchisi ma’lum qilindi

Daniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Tomas Dileyni yakuniga yetgan Yevropa chempionatining eng qo‘pol o‘yinchisi deb topildi.

Dortmundning «Borussiya» klubi 29 yoshli futbolchisi Daniya milliy jamoasi safida 6 o‘yinda 15 marta o‘yin qoidasini buzgan.

Bu borada ikkinchi o‘rinda Jovanni Di Lorenso qayd etilgan. Italiyalik himoyachi 6 o‘yinda 13 marta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Uchinchi o‘rindan esa angliyalik Kalvin Fillips joy olgan – 7 o‘yinda 12ta fol.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 final uchrashuvida Italiya milliy jamoasi penaltilar seriyasida Angliyani mag‘lub etib, qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!