Estafeta viloyat hokimligida: 82 million so‘mlik ruchkada kim imzo chekadi?

Estafeta viloyat hokimligida: 82 million so‘mlik ruchkada kim imzo chekadi?

So‘nggi vaqtlarda vazirliklar, hokimliklar, tashkilotlar orasida qimmatbaho ruchkalar sotib olish urf bo‘lmoqda. Masalan, bir necha kun avval Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikkita oltin ruchka xarid qilishi xaqida ma’lumot tarqaldi. Unda aytilishicha, vazirlikning kanselyariya jihozlarini yangilashga ehtiyoj paydo bo‘lgan ekan. Endi bo‘lsa estafeta Buxoro hokimligiga o‘tdi.

Xabarlarga ko‘ra, Buxoro hokimligi 82 millionga Mont blanc brendi ostida chiqarilgan oltin ruchka buyurtma qilgan. Davlat xaridlari portaliga ushbu lot joylashtirilgan. Ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro hokimligi matbuot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev bilan bog‘landik. Uning “Zamon.uz” muxbiriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hokimlik bu summada hech qanday ruchkaga buyurtma bermagan.

Surishtiruvni davom ettirib, Moliya vazirligi bilan bog‘landik. Vazirlikning matbuot xizmati xodimi bergan ma’lumotga ko‘ra, chindan ham ruchkaga buyurtma berilgan. Buyurtmada quyidagi manzil ko‘rsatilgan:

Buyurtmachi manzili: Buxoro viloyati Buxoro sh. Buxoro viloyat Kogon sh. Buxoro shox ko‘chasi.

Etkazib berish manzili: Buxorskaya viloyati Buxoro shahar Moxi-xossa qo‘rgoni 1- uy ko‘rsatilgan. Shartnoma summasi 82 mln so‘m.

Buxoro viloyati hokimligi ruchka buyurtma qilinganini inkor etmoqda. Moliya vazirligi esa yuqoridagi dalillarni taqdim etdi.

Xo‘sh, buyurtmani kim qilgan?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!