Eronda koronavirusga chalinganlarning soni 450 mingdan oshdi

Eronda koronavirusga chalinganlarning soni 450 mingdan oshdi

Eronda seshanba kuni 3677 kishining koronavirusga chalingani e’lon qilindi va bu bilan mamlakatdagi kasallanganlarning umumiy soni 453 637 kishiga etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibasi Sima Sadatning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda o‘tgan 24 soat ichida 207 kishi koronavirusdan vafot etgan. Hozirda virus qurbonlarining umumiy soni 25 986 kishini tashkil qilmoqda.

Bugungi kunga kelib Erondagi 31 ta viloyatning barchasida koronavirus tarqalishi ko‘paymoqda. O‘tgan haftada mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy yangi kasallanish holatlari ko‘payayotganiga qaramay hukumat to‘liq karantin rejimini tatbiq qilishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgandi. Lekin, poytaxt Tehron va “qizil” deya tasniflangan boshqa bir nechta hududlarda ba’zi cheklov choralari qayta joriy qilinadi.

O‘rta Sharqda koronavirusdan vafot etganlar soni eng ko‘p bo‘lgan Eronda iqtisodiyotni jonlantirish uchun aprelda cheklovlar yumshatilgandi. O‘shanda tibbiyot sohasi rasmiylari cheklovlarni yengillashtirish virus tarqalishining tezlashishiga olib kelishi mumkinligini takror va takror ta’kidlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!