Eron husiylar Isroilga hujumni qachon to‘xtatishini ma’lum qildi

A A A
Eron husiylar Isroilga hujumni qachon to‘xtatishini ma’lum qildi

Yaman shimolida hukmronlik qiluvchi “Ansor Alloh” harakati (husiylar) Isroil Falastinga bo‘lgan tajovuzini to‘xtatishi bilanoq unga hujum qilishni to‘xtatadi. Bu haqda Eron TIV matbuot kotibi Nosir Kanoniy haftalik matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya yozmoqda Daryo.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yaqin Sharq mintaqasida inqirozning kuchayishini bartaraf qilishi shart bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar Isroil sodir etgan jinoyatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.

Xalqaro hamjamiyat Isroil rejimining “qotil mashinasi”ni to‘xtasa tinchlik keladi. Isroil rejimi tajovuzini to‘xtatgandan so‘ng, Yaman Milliy Najot Hukumati ham rejimga qarshi hujumlarini to‘xtatadi. Qo‘shma Shtatlar Isroilning jinoiy harakatlari uchun jiddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi va mintaqadagi inqirozning kuchayishiga to‘siq bo‘lishi kerak, deydi eronlik rasmiy.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!